Moskva Tadbirkorlik Akademiyasi
Moskva Tadbirkorlik Akademiyasi haqida umumiy ma’lumot
Navbatdagi buyruq sanasi: 01.03.2025 «Qabul ochiq»
Litsenziya – MosAP 2019-yil 30-oktabrda №2864 raqamli litsenziyani olgan.
Akkreditatsiya – MosAP 2020-yil 18-mart kuni №3355 raqamli akkreditatsiyani olgan va u 2026-yil 18-martgacha amal qiladi.
Diplom – Rossiya Federatsiyasi Ta’lim va fan vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom beriladi.
Qabul jarayoni
- Suhbat orqali rus tilini bilish darajasi tekshiriladi.
- To‘liq hujjatlar to‘plami talab qilinadi.
Hujjatlar ro‘yxati
- Ro‘yxat bilan birga pasportning rangli skani;
Agar talaba familiyasini o‘zgartirgan bo‘lsa, nikoh guvohnomasi;
Agar talaba voyaga yetmagan bo‘lsa, ota-onalardan birining pasportining rangli skani (ro‘yxat bilan);
3×4 o‘lchamdagi 6 dona fotosurat;
Attestat yoki diplomning rangli skani (ilovasi bilan).
Menejerlar uchun eslatma – 2019-yilgacha ta’limni tugatgan mijozlarning hujjatlari Rossiyada nostrifikatsiya qilinadi. Buning uchun mijoz ro‘yxatdan o‘tgach 6500 rubl to‘lashi kerak.
Bakalavriat yo‘nalishlari va kvotalar
Pedagogik ta’lim
- Boshlang‘ich ta’lim
- Jismoniy madaniyat
Yurisprudensiya
- Fuqarolik-huquqiy
- Jinoyat-huquqiy
Davlat va munitsipal boshqaruv
Davlat va munitsipal xizmat
Menejment
- Logistika va ta’minot zanjirlarini boshqarish
- Sport sanoati menejmenti
- Mehmondo‘stlik va restoran biznesi menejmenti
- Tashkilot xodimlarini boshqarish
- Loyiha menejmenti
- Tadbirkorlik faoliyati menejmenti
- Elektron biznes va raqamli innovatsiyalar
O‘zbek tilida olib boriladigan yo‘nalishlari
- Yo‘nalish: Bank ishi va moliya
- Ta’lim turi: masofaviy
- Kontrakt: semestriga 25 000 rubl
- Davlat va nodavlat universitetlarga o‘qishni ko‘chirish imkoniyati mavjud
- Darslar va kontrakt to‘lovlari bo‘yicha to‘liq kuzatuv (soprovozhdenie) mavjud
Kontrakt narxi:
(ONLAYN) Masofaviy ta’lim
Kontrakt narxi: semestriga 25 000 rubl
O‘qish muddati: 4 yil 6 oy
2025-yil 20-sentabrgacha kontraktni to‘lagan talabalar 2025-yil 1-oktabrdan o‘qishga qabul qilinadi.
Kompaniya xizmatlari — 4 000 000 so‘m
Nima uchun 4 000 000 so‘m?
- menejer OTM haqida to‘liq ma’lumot beradi;
- mijoz hujjatlari rus tiliga tarjima qilinadi;
- tarjima qilingan hujjatlar notarial tasdiqlanadi;
- mijoz hujjatlari nostrifikatsiya qilinadi;
- hujjatlar institut ma’lumotlar bazasida ro‘yxatga olinib, pochta orqali yuboriladi;
- imtihon jarayonlari tashkil qilinadi;
- mijoz xohishiga ko‘ra, u kontrakt to‘lovlari haqida institutni tugatgunga qadar muntazam ravishda xabardor qilinadi;
- 1-kursda o‘qishni boshlashga yordam ko‘rsatiladi.
Akademiya haqida — Moskva tadbirkorlik akademiyasi 1997-yilda tashkil etilgan bo‘lib, qisqa vaqt ichida talabgir oliy ta’lim muassasasiga aylandi. Akademiya tadbirkorlar, davlat xizmatchilari va tashkilot rahbarlarini tayyorlashda yangi talablarni joriy etdi hamda ta’lim sohasidagi ko‘plab tanlovlarda g‘olib bo‘lib, mamlakatdagi eng yaxshi ijtimoiy yo‘naltirilgan OTMlardan biri sifatida tanildi. U Moskvaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan bo‘lib, iste’mol bozori va xizmat ko‘rsatish sohasiga malakali kadrlar tayyorlashga yo‘naltirilgan. Akademiya yoshlarni nafaqat Rossiya jamiyatining zamonaviy ehtiyojlariga, balki xalqaro standartlarga ham javob bera oladigan yetakchilar sifatida tarbiyalaydi. Bitiruvchilar davlat va tijorat tashkilotlarida tezda amaliy faoliyatga qo‘shilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ta’lim jarayonida talabalar intellektual salohiyatini rivojlantirish, kasbiy etika va ishbilarmonlik muloqotini o‘zlashtirish, boshqaruv ko‘nikmalarini shakllantirish va shaxsiy biznes boshlash uchun mustahkam asos yaratadilar. Akademiya ilmiy-tadqiqot ishlariga alohida e’tibor qaratib, eng yaxshi talabalar loyihalari uchun tanlovlar tashkil etadi. Shuningdek, talabalar sport, madaniyat va ijodiy tadbirlarda faol ishtirok etadilar, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ham o‘qish sharoitlari yaratilgan.

