20 ta diplomning 1-sohibi Arabov Dilshod bilan birga !
Kuni kecha Rossiyaning nufuzli Omsk universitetidan 20 ta diplom keltirildi. Bu yutuq xalqaro ta’lim sohasidagi hamkorliklarimiz va talabalarimizning mehnati samarasi sifatida katta ahamiyatga ega. Har bir diplom ortida yillar davomida qilinadigan mehnat, tinimsiz izlanish va bilimga bo‘lgan ishtiyoq mujassam.
Ushbu diplomlar ichida birinchisi Arabov Dilshodbek Anvar o‘g‘liga nasib etdi. U o‘zining bilim olish yo‘lidagi tajribasi, yengib o‘tgan qiyinchiliklari va erishgan yutuqlari bilan ko‘plarga o‘rnak bo‘la oladi.
Biz Dilshodbek bilan ushbu yutuq munosabati bilan maxsus podkast tayyorladik. Unda u o‘zining talabalik davridagi taassurotlari, chet el ta’limining afzalliklari hamda kelajak rejalari haqida so‘zlab berdi. Bu suhbat ko‘plab yoshlarimizga ilhom va motivatsiya berishiga ishonamiz.
Biz sizning orzularingizga erishishga yordam beramiz!
Bizga o’z ma’lumotlaringizni qoldiring va biz siz bilan ozimiz bog’lanib, dunyonning TOP 1000 universitetlariga o’qishga kirishingizga yordam beramiz.

