Rossiyaning Severo-Kavkazskiy Federal universitetiga grantlar ochildi
Rossiyaning nufuzli Severo-Kavkazskiy Federal Universitetida 2026-yil uchun grant asosidagi qabul jarayonlari boshlandi. Bu imkoniyat O‘zbekiston yoshlari uchun xalqaro miqyosda tan olingan oliy ta’lim muassasasida o‘qish va zamonaviy bilimlarni egallash uchun keng yo‘l ochib beradi. Asia Consult kompaniyasi ushbu jarayonni rasmiy hamkor sifatida tashkil etib, talabalarni budjet o‘rinlariga qabul qilishni boshladi. Universitetning rektori va prorektori yaqinda O‘zbekistonga tashrif buyurib, hamkorlik istiqbollari va yangi loyihalar haqida fikr almashdilar. Bu tashrif ikki davlat o‘rtasidagi ta’limiy hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Universitetda o‘qish nafaqat yuqori sifatli ta’lim olish, balki Rossiyaning ilmiy va madaniy muhitida rivojlanish imkonini ham beradi. Hozirning o‘zida ro‘yxatdan o‘tib, xalqaro darajada e’tirof etilgan ta’lim muassasasida o‘qish orzusiga bir qadam yaqinlashish mumkin.

