Diplom olgan talabamiz bilan intervyuv
Hurmatli ota-onalar va xorijiy ta’limga qiziquvchilar! Asia Consult siz uchun yana bir muhim yangilik bilan chiqmoqda. Ko‘plab tushayotgan savol va murojaatlarga javoban biz yangi podcast tayyorladik. Unda xorijda o‘qish, hujjat topshirish jarayoni va diplom olishdagi real tajribalar haqida so‘z bordi.
Podcastimiz markazida — Rossiyaning nufuzli OMSK Universitetini “Boshlang‘ich ta’lim” yo‘nalishida tamomlagan Toshkent viloyatlik Karimova Shohistaxon bo‘ldi. Shohistaxon o‘z mehnati, intilishi va sabr-toqati bilan ta’limini muvaffaqiyatli yakunladi. Eng quvonarlisi — uning rasmiy diplomini Asia Consult jamoasi bevosita Rossiyadan olib kelib, o‘z qo‘llari bilan topshirdi!
Bu nafaqat biz uchun, balki o‘z farzandining kelajagi haqida o‘ylayotgan har bir ota-ona uchun katta ilhom manbai. Boshlang‘ich ta’lim sohasida xorijda o‘qish — bu kuchli poydevor va katta imkoniyatlar eshigi!
Sizda ham savollar bormi? Unda podcastimizni tinglang va Asia Consult bilan bog‘laning.
Biz sizning orzularingizga erishishga yordam beramiz!
Bizga o’z ma’lumotlaringizni qoldiring va biz siz bilan ozimiz bog’lanib, dunyonning TOP 1000 universitetlariga o’qishga kirishingizga yordam beramiz.

